Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy koreyalik oftalmologlar Buxoroda 80ta jarrohlik amaliyotini o‘tkazishadi
"Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya jamg‘armasi O‘zbekiston respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida “Vision Care Servise” (Koreya Respublikasi) xalqaro tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Ana shunday hamkorlik aloqalari samarasi o‘laroq, “Vision Care Servise” (Koreya Respublikasi) xalqaro tashkiloti shifokorlari 2015 yilning 17-23 may kunlari diagnostika va oftalmologik jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish bo‘yicha ijtimoiy aksiyani amalga oshirib, uning doirasida 80 nafar fuqaroda kataraktani olib tashlash va billur ko‘z soqqasini almashtirish borasida jarrohlik amaliyotini, 300dan ziyod kishini esa tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishni rejalashtirgan. “Vision Care Servise” tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur aksiya Buxoro shahridagi ko‘p profilli tibbiy markazda o‘tkazilishi belgilangan.
Unda shifokor ko‘rsatmasidan o‘rin olgan dori-darmon vositalari ijtimoiy yordam ko‘rinishida taqdim etiladi.
Shu turdagi ijtimoiy aksiya 2014 yilning 14-16 may kunlari Osiyo madaniyat va taraqqiyot instituti hamda «Daewoo International» korporatsiyasining moliyaviy ko‘magi bilan Farg‘ona shahrida ham Farg‘ona viloyat oftalmologiya shifoxonasi bazasida bo‘lib o‘tgan edi. Aktsiya davomida 250 nafardan ziyod kishi tibbiy tekshiruvdan o‘tib (ularning ko‘pchiligiga ko‘zoynak hamda ko‘rish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlovchi dori vositalari taqdim etilgan edi), 84 bemorda kataraktani olib tashlash va billur ko‘z soqqasini almashtirish bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan edi.