Sport | 13:46 / 18.05.2015
1337
1 daqiqa o‘qiladi

“As-Sadd” – “Laxviya” o‘yinini Ravshan Ermatov boshqaradi

Osiyo Chempionlar Ligasi 1/16 final bochqichi doirasidagi “As-Sadd” (Qatar) – “Laxviya” (Qatar) uchrashuvini Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar boshqarib boradi, deb xabar berdi O‘zbekiston futbol federatsiyasi.

19 may kuni Dohada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Ravshan Ermatov bosh hakam sifatida ishlasa, unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidovlar yordam beradi.

Ma'lumot uchun, Qatarning “Laxviya” klubi “A” guruhida 13 ochko to‘plab, birinchi o‘rin bilan keyingi bochqichga yo‘l olgan. Bu guruh o‘yinlarida O‘zbekistonning “Bunyodkor” klubi ham ishtirok etgandi. “As-Sadd” ikkinchi o‘rinni egallab, 1/16 bosqichiga yo‘l olgan “S” guruhida esa “Lokomotiv” qatnashgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish