13:19 / 18.05.2015
14098

2015 yilda Honda yuqori tezlikka ega samolyot yetkazib bera boshlaydi

Yaponiyaning Honda kompaniyasi joriy yilning o‘rtalaridan boshlab biznes toifasidagi yuqori tezlikka ega HondaJet samolyotlarini yetkaza boshlaydi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, ushbu loyiha 30 yil ichida ishlab chiqilgan. Ayni paytda konsern rahbariyati AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal agentligining roziligini kutib turibdi. Joriy sertifikatsiya mart oyida amalga oshirib bo‘lingan. Samolyot yil o‘rtasidan buyurtmachilarga yetkazib berila boshlaydi.
Ma'lum bo‘lishicha, HondaJet o‘ziga xos dizaynga ega bo‘lib, qanotlari ustida dvigatellar joylashadi. Samolyot 7 kishiga mo‘ljallangan. Uning narxi 4.5 mln dollarni tashkil qiladi.

Top