Texnologiya | 13:53 / 18.05.2015
1535
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yilning oxiriga qadar Qozog‘istonning barcha gazetalari o‘z saytlarini yaratadi

2016 yilning oxiriga qadar Qozog‘istondagi barcha bosma ommaviy axborot vositalari internetda o‘z veb-saytlariga ega bo‘lishi kerak. Bu haqda investitsiyalar va taraqqiyot vazirligi aloqa, axborotlashtirish va axborot qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Talg‘at Qazang‘apov Qozog‘iston telegraf agentligi muxbiriga ma'lum qildi.
“2016 yilning oxiriga qadar biz barcha gazeta va jurnallarni internetga o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz”, – deydi u.
Jumladan, uning ma'lum qilishicha, joriy yilning oxiriga qadar 400ta bosma nashr o‘z saytiga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, 2014 yilda yo‘lga qo‘yilgan “Qazteleradio” negizida yo‘lga qo‘yilgan loyiha doirasida ayni kunlarda 20ta teleradiokanal internetga chiqqani ma'lum qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish