O‘zbekiston | 21:05 / 18.05.2015
2427
1 daqiqa o‘qiladi

29 may kuni MDH hukumatlari rahbarlarining kengashi majlis o‘tkazadi

2015 yilning 29 may kunida Qozog‘iston respublikasining Buraboy shaharchasida MDHga a'zo davlatlarning hukumatlari rahbarlari ishtirokida majlis o‘tkaziladi.
Bu majlisda MDH mamlakatlarining turli sohalardagi hamkorliklarini ko‘zda tutuvchi 20dan ortiq hujjat imzolanishi kutilmoqda.
Xususan, ishtirok etuvchi vakillar 2015-2016 yillar davomida moliyaviy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilishi bo‘yicha imzolangan innovatsion hamkorlikni tartibga soluvchi hujjatlar ijrosini muhokama qilishadi. Shuningdek, tomonlar istiqboldagi rejalar bo‘yicha fikr almashishadi hamda 2020 yilgacha bo‘lgan davrdagi faoliyat xususida muhokama o‘tkazishadi.
Qolaversa, majlis chog‘ida xalqaro transport, ekologik holat hamda mintaqadagi xavfsizlik masalalari kun tartibiga qo‘yiladi.
Yig‘ilishda tashkilotning boshqaruv tizimidagi xodimlar masalasi ham ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish