Jahon | 12:24 / 18.05.2015
2060
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda 1,8 mln dona tovuq parranda grippiga qarshi kurash tadbirlari doirasida o‘ldirildi

AQShning Ayova shtatida parranda grippi xastaligiga chalingan 200 ming dona tovuq aniqlangan. Butun mamlakat bo‘ylab esa shu xastalik tufayli 2 millilonga yaqin paranda yo‘q qilingan. Bu haqda Star Tribune xabar berdi.
"Biz sog‘ parrandalarni va odamlarni xastalikdan himoya qilyapmiz. Balki, buning uchun yanada ko‘proq parrandalar o‘ldirilishi talab qilinar", deb ma'lum qildi AQShda parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi Rembrandt Enterprises nomli eng yirik tashkilot rahbari.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish