Jamiyat | 07:20 / 18.05.2015
2353
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda poyezd falokati qurbonlarining oilalariga 200 mln dollar tovon puli to‘lanadi

13 may kunida AQShning Filadelfiya shahri yaqinida Amtrak temiryo‘l kompaniyasiga tegishli poyezd relslardan chiqib ketishi oqibatida halok bo‘lganlarning oilalariga kompaniya tomonidan 200 mln dollar tovon puli to‘lanadigan bo‘ldi

Associated Press axborot agentligining ma'lum qilishicha, belgilangan tovon puli temiryo‘l falokati uchun to‘lanadigan eng yirik miqdordagi tovon puli hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, Vashingtondan Filadelfiyaga ketayotgan poyezd burilish paytida relslardan chiqib ketgan. Poyezdda 240 yo‘lovchi bo‘lgan. Ular orasida senator Patrik Merfi ham bo‘lgan.

Tergov davomida poyezd soatiga 180 km bilan harakatlangani, bu esa ushbu hudud uchun belgilangan maksimal tezlikdan 2 barobar ko‘proqni tashkil qilganni ma'lum bo‘ldi. Poyezd, shuningdek, tezlikni kamaytirish hisobiga falokatning oldini olishi mumkin bo‘lgan zaruriy xavfsizlik tizimi bilan ham jihozlanmaganligi aniqlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish