Jahon | 09:08 / 18.05.2015
4407
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning Texas va Oklaxoma shtatlaridan kuchli tornadolar bo‘lib o‘tdi

AQShning Texas va Oklaxoma shtatlarida bir nechta kuchli tornadolar kuzatildi. Tabiiy ofat oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan va yana o‘nlab odamlar jarohat olgan.

Tornado 90ga yaqin uylarni vayron qildi. Ba'zi shaharlarda elektr uzatish liniyalarining shikastlangani tufayli elektr ta'minoti uzilib qoldi.

Kuchli momaqaldiroq fronti tezligi soatiga 120 kilometrdan oshadigan shamollar va do‘l aralash kuchli jalalarni olib keldi.

Meteorologlarning prognozlariga ko‘ra, tornado Nebraska shtati tomon yo‘l olgan. Yomon ob-havo sharoiti butun Buyuk tekisliklar hududida – AQShning Meksikadan tortib Kanadagacha bo‘lgan hududida kuzatiladi.

Tornado, shtorm va jalalar kamida yana bir necha hafta davomi etishi taxmin qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish