14:23 / 18.05.2015
1671

Arturo Vidalni xarid qilish yozgi transferlar vaqtida "Liverpul"ning bosh maqsadiga aylanadi

"Liverpul" jamoasi "Yuventus"ning chililik futbolchisi Arturo Vidalni sotib olishni rejalashtirdi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatgan.
Nashrda yozilishicha, 27 yoshli futbolchi mersisaydliklar safini tark etib, okeanortiga ("Los-Anjyeles Gelaksi" jamoasiga) yo‘l olgan Stiven Jyerrardning o‘rnini bosishi kutilmoqda.
Qayd qilinishicha, turinliklar bu futbolchisini unga munosib o‘rinbosar olingandagina qo‘yib yuborishadi.

Ayni vaqtda jamoa rahbariyati Vidalning o‘rniga "Roma"ning belgiyalik yarimhimoyachisi Radji Naingolanni nomzod sifatida ko‘rmoqda. Biroq, bu transferning amalga oshishida futbolchining transfer huquqi qisman "Kalyari" jamoasiga tegishliligi xalal berishi mumkin.
Bundan tashqari "Yuventus" Aksel Vittsel ("Zenit") hamda Ramires ("Chelsi") variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

Top