Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Benfika" Portugaliyada 34-chempionligini nishonladi
17 may kuni Portugaliya chempionatida 33-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
Turnir jadvalining birinchi o‘rnida turgan "Benfika" safarda "Vitoriya Gimarayesh" bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bu o‘yin bilan parallel ravishda o‘tkazilgan o‘yinda jamoaning asosiy raqibi "Portu" safarda "Belenensesh" bilan 1:1 hisobini qayd etgach, oxirgi turdan keyin o‘zining ikkinchi o‘rnidan yuqoriga ko‘tarila olmasligi oydinlashdi.
"Benfika" 33 o‘yinda 82 ochko to‘plagan, "Portu" hisobida esa 79 ochko bor.
Shu tariqa, "Benfika" o‘z tarixida 34-marta Portugaliya chempioniga aylandi. Jamoaning ikki hujumchisi Jonas (18ta gol) va Lima (17ta gol) bilan turnir to‘purarlari safida turibdi. "Benfika” mavsum davomida 82ta gol urgan va o‘z darvozasidan atigi 15ta gol o‘tkazgan.