Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chorvadorlar Ug‘om-Chotqol milliy bog‘i ekotizimini vayron qilmoqda
Ug‘om-Chotqol milliy bog‘i tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi oxirgi paytlarda bog‘ hududidga noqonuniy ravishda chorva olib kirish hollari ko‘payganini ma'lum qilmoqda. Chorvadorlarning bu xatti-harakatlari yosh daraxtlarning yo‘q qilinishiga va milliy bog‘ ekotizimining vayron bo‘lishiga olib kelmoqda. Bu haqda "Podrobno.uz" nashri ma'lum qilgan.
Inspektsiya rahbari Mahmudjon Ohunjonovning so‘zlariga qaraganda, ayrim chorvadorlar kechki yoki tungi paytda milliy bog‘ hududidiga chorvani olib kirib, ularni noqonuniy ravishda o‘tlatmoqda. Bu ish nafaqat yaqin atrofda yashayotgan aholi tomonidan amalga oshirilmoqda. Boshqa viloyatlardan ko‘p miqdorda chorvaning olib kelinishi hollari ham kuzatilgan. Jumladan, bir safar Farg‘ona viloyatidan chorva olib kelayotgan 32ta yuk mashinasi to‘xtatib qolingan.
Inspektsiya xodimlari nazorat ishlarini kuchaytirib bormoqda.