Texnologiya | 15:54 / 18.05.2015
2611
1 daqiqa o‘qiladi

Dubay ko‘chalari bepul Wi-Fi bilan ta'minlanadi

Dubay aholisini va sayyohlarni bepul Wi-Fi tarmog‘i bilan ta'minlaydigan mintaqadagi dastlabki shahar bo‘ladi. Bu haqda novosti.ae sayti orqali ma'lum bo‘ldi.
Jamoat yerlarida allaqachon Internetga kirish nuqtalarini bunyod etish ishlari boshlangan. Yil oxiriga qadar Dubayda bepul Wi-Fi tarmog‘iga ulanish imkoniyatini beradigan 300ga yaqin aloqa nuqtasi yaratiladi.
Tezlikni oshirishni istagan foydalanuvchilar 20-50 dirham to‘lab, tezligi ancha katta bo‘lgan premium tarifidan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish