Jahon | 06:01 / 18.05.2015
3418
1 daqiqa o‘qiladi

Gavayida AQSh harbiy samolyoti falokatga uchradi

AQShning Gavayi shtatida 17 may kunida harbiy samolyot falokatga uchragan. Bu haqda Huff Post News nashri xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, falokat samolyot harbiy bazaga qo‘nayotgan paytda yuz bergan. Ushbu MV-22 Osprey samolyotining bortida 21 kishi bo‘lgan. Falakot oqibatida 12 nafar askar jarohat olgan.

Samolyot falokatga uchragan hududda harbiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tayotgan sababli mahalliy aholi ushbu mashg‘ulotlar tufayli dam olish kunlari odatdagidan shovqinroq bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan edi. Shuning uchun ham odamlar harbiy baza hududidan kelayotgan qora tutunga darrov e'tibor berishmagan.

Ayni paytda barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan.

Voqea joyida qutqaruv xizmatlari ishlamoqda. Ular avifalokatning oqibatlarini bartaraf etishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish