08:52 / 18.05.2015
6501

Maktab va kollej bitiruvchilariga restoranlarda bitiruv oqshomlari o‘tkazish taqiqlandi

O‘rta maktablar va kasb-hunnar kollejlari bitiruvchilariga restoranlar, kafelar va shaxsiy uylarda bitiruv oqshomlari o‘tkazish taqiqlandi.
Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Abruyevning “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida aytishicha, “Xayr, maktab, salom, kollej” tadbirlarida barcha maktab libosida bo‘lishi talab qilinadi. Shuningdek, vazirlik buyrug‘iga binoan davlat imtihonlariga pul to‘plash va o‘qituvchilarga qimmatbaho sovg‘alar berish man qilinadi.
Ushbu huquqbuzarlik holatlari kuzatilgan taqdirda 1006 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish tavsiya qilinmoqda.
Statistik ma'lumotlarga qaraganda, bu yil O‘zbekistonda 483 ming nafar o‘quvchi 9-sinfni bitiradi.

Top