Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 13:48 / 18.05.2015
2587
1 daqiqa o‘qiladi
Mishel Platini Pogba hali Messi yoki Ronaldu darajasidagi superyulduz emasligini aytdi
UYeFA prezidenti Mishel Platini o‘zining vatandoshi, “Yuventus” jamoasining fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Pogba superyulduz emas. Superyulduz bo‘lish uchun ko‘p gol kiritish kerak. Pogba xuddi Messi va Ronaldu kabi bir mavsumda 50talab gol kiritishga qodir, deb hisoblamayman”, - deydi Platini.
Avvalroq, “Yuventus” yozda Pogbani sotish niyati yo‘qligini ma'lum qilgandi.