13:33 / 18.05.2015
12124

O‘zbekistonda biznes sub'yektlarini tekshirish tartibi o‘zgartirildi

2015 yilning 1 iyulidan boshlab O‘zbekistonda biznes sub'yektlarini tekshirishning yangi tartibi o‘rnatiladi. Bu haqdagi farmon prezident Islom Karimov tomonidan imzolandi.
Ta'kidlanishicha, mikrofirmalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik obektlari faoliyatini tekshirish rejali tartibda to‘rt yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda o‘tkazib boriladi; boshqa xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyati uch yilda bir marta faqat nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi ruxsati bilan tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Moliyaviy va xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlar muddati 10 kundan oshmasligi kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 184-moddasini (soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan bo‘yin tovlash) buzgan shaxslar jinoyat aniqlangandan keyin 30 kun ichida davlat manfaatlariga yetkazilgan zararni qoplagan taqdirda ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmaydi.

Top