Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda NNT amaldorlarining javobgarligi kuchaytiriladi
O‘zbekiston qonunchilari NNT (Nodavlat-notijorat tashkilotlar) qonunchiligini buzish uchun shu turdagi tashkilotlar mansabdor shaxslaridan undiriladigan jarima miqdorini kamaytirishni rejalashtirmoqda. Ushbu holatni ko‘zda tutgan tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar Ma'muriy javobgarlik Kodeksiga kiritiladi.
Bundan tashqari, joriy o‘zgarishlarga muvofiq NNT mas'ul shaxslari tomonidan ro‘yxatga oluvchi organ bilan kelishilmagan holda xorijiy shaxslar, davlatlar va tashkilotlardan moliyaviy yordam va boshqa turdagi mablag‘ olinishi, ro‘yxatga oluvchi organga o‘z faoliyati to‘g‘risidagi noto‘g‘ri axborot yetkazilishi uchun javobgarlik kuchaytiriladi.