Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tijoratchilarning shikoyatlarini qabul qiluvchi tizim yaratiladi
2015 yilning 1 iyuliga qadar O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda prezidenti topshirig‘iga muvofiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlaridan shikoyatlar qabul qilish tizimini yaratadi.
Ma'lum qilinishicha, u “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Yagona xizmat ko‘rsatish markazi va Bosh prokuratura ishonch telefonlari negizida tashkil qilinadi. Yangi tizimning zimmasiga yuklanadigan birlamchi vazifa davlat nazorat organlarining biznes sub'yektlari faoliyatiga asossiz aralashuvi hamda ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilishi faktlari haqida axborot to‘plash va tegishli choralar ko‘rishdan iborat bo‘ladi.
Bundan tashqari, prezident Bosh prokuraturaga xususiy tadbirkorlik faoliyatini yuritish erkinligi kafolatlari bo‘yicha qonunchilikning ijrosini qat'iy nazorat qilishni topshirdi.