Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 12:19 / 18.05.2015
1746
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda jamoa fondlarining turlari ko‘payadi
“Jamoa fondlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilishi ko‘zda tutilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq, O‘zbekistondagi jamoa fondlarining turlari ko‘payadi. Xususan, xalqaro jamoa fondlari tuzishning qonuniy imkoniyati yaratiladi.
Bundan tashqari, o‘zgarishlar doirasida jamoa fondlarining filiallari va vakolatxonalarining huquqiy maqomiga aniqlik kiritiladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish, hujjat ishini kamaytirish singari jihatlar ham ko‘zda tutilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish