20:04 / 18.05.2015
1589

O‘zbekistonlik yosh bokschilar Qozog‘istondagi turnirda sovrindor bo‘lishdi

2015 yilning 16 may kuni Qozog‘istonning Chimkent shahridagi Hojimukon sport majmuasida o‘smirlar boksi bo‘yicha Muxtorxon Dildabekov ta'sis etgan IV xalqaro turnir yakunlandi.

Bu musobaqada 1999-2000 yillarda tug‘ilgan 94 nafar sportchi ishtirok etib, 13ta medallar shodasi uchun bahs olib borishdi.
Turnir yakunida O‘zbekiston terma jamoasi safidagi 6 nafar sportchi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Serikov Nurjan (48 kg.gacha vazn toifasida) va Mirzarahimov Temur (54kg) oltin medallarga ega bo‘lishgan. Timur Merjanov (66 kg) va Yahyo Saidxonov (70 kg) esa kumush medallarni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, Jumaniyozov Sobirjon (54 kg) hamda Toniqulov Javohir (57 kg) turnirning bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

Top