12:59 / 18.05.2015
2221

Ronaldu "Real" tarixidagi to‘purarlar reytingida Di Stefanodan o‘tib ketdi

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 17 may kuni "Espanol"ga qarshi bo‘lib o‘tgan 37-tur uchrashuvida xet-trikka erishdi va o‘zining "Real" safida urgan jami gollari sonini 310taga yetkazib oldi.

Bu ko‘rsatkich unga "Real" tarixidagi bombardir hujumchilar ro‘yxatida afsonaviy futbolchi Alfredo Di Stefanoni ortda qoldirib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilish imkonini berdi. Di Stefano o‘zining "Real" jamoasidagi faoliyati davomida 307ta gol urishga erishgan.

Ayni vaqtda bu ro‘yxatda Raul 323ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. Ronaldu keyingi mavsumda 14tadan ortiq gol urish orqali birinchi o‘ringa chiqib olishi mumkin bo‘ladi.
Ushbu portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda 34 o‘yinda maydonga tushib, 45ta gol urgan va 16ta golli uzatma amalga oshirgan.

“ReAL” TO‘PURARLARI. TOP-10:
1. Raul (1994-2010) – 323 ta gol
2. Ronaldu (2009-…) – 310
3. Alfredo Di Stefano (1953-1964) – 308
4. Karlos Santilyana (1971-1988) – 289
5. Ferents Pushkash (1958 – 1966) – 242
6. Ugo Sanches (1985 – 1992) – 208
7. Fransisko Xento (1952 – 1970) – 179
8. Pirri (1964 – 1979) – 171
9. Emilio Butrageno (1983 – 1995) – 171
10. Amaro Amansio (1962 – 1976) – 155

Top