06:30 / 18.05.2015
2765

Saudiya Arabistoni Yamanda yana harbiy harakatlarni boshlamoqchi

Yamanda tinchlik o‘rnatilishi tashabbusi bilan chiqqan Saudiya Arabistoni Yamanda o‘zining “Umidning tiklanishi” operatsiyasini qayta boshlashi va Yamanning qonuniy hukumatiga qarshi chiqayotgan husiychilarning joylashgan o‘rinlariga aviazarbalar berishni davom ettirishini ma'lum qildi.

Shu tariqa, qirollik hukumati BMT vakillari, jumladan BMT bosh kotibining Yamandagi maxsus elchisi Ismoil ul-Shayx Ahmadning tinchlikni saqlash tartibi muddatini uzaytirish haqidagi chaqiriqlarini rad etmoqda.

Operatsiyani to‘xtatishdan maqsad Yamanning tinch aholisiga insonpavarlik yordamini yetkazish bo‘lgan.

Tinchlik o‘rnatilishi 12 may kunida soat 23:00 da kuchga kirgan edi, biroq u amal qilgan 5 kun davomida ikkala tomondan ham uning buzilishi holatlari qayd qilingan edi.

Ma'lum qilinishicha, husiychilar tinchlik o‘rnatilgandan keyin 3 soat o‘tib uni buzishgan.

Top