Jamiyat | 17:17 / 18.05.2015
2161
1 daqiqa o‘qiladi

Texasda baykerlar o‘rtasida sodir etilgan otishmadan keyin 200 nafarga yaqin shaxs hibsga olindi

AQShning Texas shtatidagi Ueyklo shaharchasida 18 may kuni baykerlar orasida nizo yuz berishi va o‘zaro otishma kelib chiqishi holati bo‘yicha o‘tkazilayotgan tergov davomida 192 kishi hibsga olingan. Bu haqda Sky News nashrining tvitterida xabar beriladi.
Bu otishma shahardagi "Tvin Piks" restoranida ro‘y bergan janjaldan keyin kelib chiqqan hamda uning natijasida 9 kishi halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, bu otishmada The Cossacks, The Bandidos va The Scimitars guruhlarining a'zolari ishtirok etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish