16:06 / 18.05.2015
2163

Toshkentda o‘rta va kichik biznesni avtomatlashtirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkaziladi

Toshkentda dasturiy ta'minot bozori yetakchilaridan biri SAP CIS telekommunikatsiya mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Huawei Technologies kompaniyasi hamda milliy integrator Maorif Plus bilan hamkorlikda “Kichik va o‘rta biznesni avtomatlashtirish uchun biznes ilovalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston savdo va sanoat palatasining rasmiy sayti orqali xabar tarqatildi.
Ma'lumot berilishicha, tadbir 19 may kuni Wyndham mehmonxonasida o‘tkaziladi. Seminarda ishtirok etish bepul.

Top