Jahon | 03:19 / 19.05.2015
1710
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukrainadagi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan islohotlar uchun 1 mlrd dollar ajratadi

AQSh Ukrainada islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, 1 mlrd dollar moliyaviy ko‘mak ajratadi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

AQShning Ukrainadagi elchisi Djyeffri Payyett 1 mlrd dollarlik kredit kafolatlari ajratish haqidagi kelishuv imzolanganidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu haqda ma'lum qildi. 

“Agar Ukraina iqtisodiy islohotlarni tatbiq etish bo‘yicha aniq qadamlarni davom ettirsa hamda kongress bilan hamkorlik qilishning muayyan shartlariga to‘g‘ri kelsa, biz 2015 yilning oxirida Ukrainaga 1 mlrd dollargacha qo‘shimcha kredit kafolatlari taqdim qilishimiz mumkin”, demoqda Payyett.

Avvalroq Ukraina va AQSh 1 mlrd dollarlik kredit garantiyalari ajratish haqidagi kelishuvni imzolashlari ma'lum qilingandi.    

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish