03:51 / 19.05.2015
2943

«Barselona» Gvardiolani Chempionlar Ligasi finaliga taklif qildi

Barselona” rahbariyati Chempionlar Ligasi final uchrashuvida o‘zi o‘tiradigan joyga “Bavariya”ning bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani ham taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis “Bavariya”dan oldin “Barsa”ga murabbiylik qilgan hamda bu jamoa bilan birga Yevropaning klublar o‘rtasidagi bosh musobaqasida ikki bor g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Gvardioladan tashqari ushbu uchrashuvga Yoxan Kroyf va Frank Raykard ham taklif qilindi.

“Barselona” va “Yuventus” o‘rtasidagi final uchrashuvi 6 iyunda Berlinda bo‘lib o‘tadi.  

Top