Jahon | 15:23 / 19.05.2015
3615
2 daqiqa o‘qiladi

Bill Klinton Barak Obamaning tvitterdagi yangi akkauntiga hazil savol yo‘lladi

AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton Tvitter mikroblogida yangi akkaunt ochgan Barak Obamaga hazilomuz ravishda savol yo‘lladi.

@POTUS (President of the United States – AQSh prezidenti) nomi bilan yangi akkaunt ochgan Barak Obama ilk tvitida olti yillik tanaffusdan keyin Oq uy unga o‘z shaxsiy akkauntini ochishga ruxsat berganini bildirib o‘tgandi.

Bu vaziyatga esa sobiq prezident hazilomuz tarzda savol yo‘lladi. «Tvitterga xush kelibsiz, bitta savol: akkaunt nomi Oq uyda qoladimi», deya kelgusida prezident bo‘lishi mumkin bo‘lgan xotini Hillari Klintonga ishora qilib o‘tdi sobiq prezident.

O‘z navbatida Obama ham bunga hazil aralash javob qaytardi. «Yaxshi savol, Bill. Nikneym Oq uy bilan birga ketadi. Mabodo bilmaysanmi, @FLOTUS (First Lady Of the United States – AQShning birinchi ayol rahbari – Kun)» akkaunti kimgadir kerak emasmikan?»

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, Barak Obamaning shuningdek yana bir akkaunti bo‘lib uni Prezident ma'muriyati tomonidan yuritib kelinadi. Agar mazkur akkaunt orqali Obamaning o‘zi tvit yozadigan bo‘lsa, bu tvitlar imzolanib kelinardi.

Eslatib o‘tamiz, @FLOTUS akkauntini Barak Obamaning xotini Mishel Obama yuritib keladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish