15:23 / 19.05.2015
2019

Bokudagi yong‘inda 16 kishi halok bo‘ldi

Bokudagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ozarbayjon sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Bundan tashqari, 63 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan. Ayni paytda shahar shifoxonalarida 54 kishiga yordam ko‘rsatilmoqda.
Ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlarning 2 nafari bolalardir.

Top