Sport | 20:12 / 19.05.2015
1436
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun Andrea Pirlo 36 yoshni qarshiladi

Xabardor.uz: Bugun 19 may kuni “Maestro”, “Professor” hamda “Arxitektor” kabi nomlarni olgan mashhur italyan futbolchisi Andrea Pirlo 36 yoshni qarshiladi. Futbolchi 2 bora Chempionlar ligasini, bir marotaba jahon chempionligini, 6 bor A seriya g‘olibligini, shuningdek, 2012 yilgi Yevropa chempionatida vitse-chempionlikni qo‘lga kiritgan. 


“Professor” Italiyaning eng kuchli 3ta jamoasi bo‘lgan “Inter”, “Milan” hamda “Yuventus” to‘p surgan. Shunga qaramay, barcha klub rahbariyati hamda muxlislari bu o‘yinchiga nisbatan cheksiz hurmat namoyish etishadi.

Futbolchi 2006 yilgi jahon chempionligi haqida shunday deydi: 

2006 yil 9 iyul kuni tushlikdan so‘ng biroz uxlab oldim, so‘ng PlayStation o‘ynadim. 

Kechqurun esa jahon chempionligini qo‘lga kiritdim. 

 

"Maestro" 2012 yilgi Yevropa chempionatida 33 yoshda bo‘lishiga qaramay, jamoaning asosiy o‘yinchisi bo‘ldi. U o‘z tushgan 6ta o‘yinning 3tasi UEFA tomonidan uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi nomini qo‘lga kiritgan. 

Hozirda futbol tarixidagi eng kuchli yarim himoyachilardan biri bo‘lgan Pirlo "Yuventus" tarkibida to‘p surmoqda. 36 yoshda to‘lganiga qaramay, u jamoasi uchun eng muhim o‘yinchilardan biri hisoblanadi. "Yuventus"ning joriy yilda A seriyada g‘oliblikni qo‘lga kiritishida, shuningdek, Italiya kubogi hamda Chempionlar ligasi finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritishda Pirloning xizmati cheksiz, desak yanglishmagan bo‘lamiz. 

Bugun  Xabardor.uz sayti futbolchining eng yaxshi 10ta golini e'tiboringizga havola etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish