11:39 / 19.05.2015
2756

Buxoroda marixuana olib ketayotgan savdogar qo‘lga olindi

Buxoroda Samarqanddan marixuana moddasini olib kelayotgan savdogarning mashinasi to‘xtatib qolindi. “Na postu” gazetasida yozilishicha, u giyohvand moddani sotish uchun emas, balki iste'mol qilish uchun olib ketayotgan bo‘lgan.

Kogon tumanida istiqomat qiluvchi Odiljon Yarashev chet elga ishlash uchun ketib, u yerda marixuana chekishga o‘rganib qolgan. Qaytib kelib, maktab buyumlari sotish bilan shug‘ullana boshlaganiga qaramay, eski odatlarini tashlamagan.

U Samarqandning Pastdarg‘om tumaniga ko‘chib ketgan eski tanishi Qosimjondan giyohvand modda sotib ola boshlagan. Qosimjon vafot etgach, boshqa diler – Shermatga xaridor bo‘lgan.

Bir safar Odiljon Shermatdan kerakli miqdorda marixuana sotib olib, Buxoroga qaytayotgan chog‘da ichki ishlar xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Odiljonning xatti-harakatlari militsiyachilarda shubha uyg‘otgan. Tintuv chog‘ida uning oldidan ko‘p miqdorda narkotik moddalar chiqqan.

Top