Jahon | 10:29 / 19.05.2015
3681
1 daqiqa o‘qiladi

Charlie Hebdo jurnalidagi payg‘ambar haqidagi karikaturalar muallifi ishdan bo‘shadi

Charlie Hebdo jurnalidagi asosiy karikaturachi Renald Luze ishdan iste'foga chiqqani haqida ma'lum qildi. Bu haqda nashrining Agence France-Presse tvitteri orqali xabar tarqalgan.
"Bu shaxsiy qaror bo‘ldi", deb izoh beradi Luze.
U 1992 yildan beri shu jurnalda faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
"Endi bu ishni qilish qiyinlashdi, axir maslakdoshlarim endi yonimda emas", deb yanvardagi teraktlarni eslaydi u.
U ancha vaqtdan buyon ishdan ketish haqida o‘ylab yurganini, lekin jurnalga sadoqati ifodasi sifatida qiyin kunlarda bunday yo‘l tuta olmaganini aytib o‘tgan.
Biroz oldinroq, Luze o‘z ishidan xuddi Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi kabi charchagani haqida gapirgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish