Jahon | 07:28 / 19.05.2015
1618
2 daqiqa o‘qiladi

Latviyada 3 iyun kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tadi

Latviyada prezident saylovi seymning (parlament) 3 iyunda bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari yig‘ilishi vaqtida bo‘lib o‘tadi. Mazkur qaror mamlakat qonunchilik organi tomonidan qabul qilingan.

Parlament matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 19-24 may kunlari siyosiy partiyalar seymga saylovda ishtirok etish uchun nomzodlari ro‘yxatini topshirishlari lozim. Avvalroq Latviya hukumat koalitsiyasidagi partiyalar prezidentlikka yagona nomzodni ilgari surish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Ammo hozircha bu borada ular biror aniq qarorga kelishmagan.

Natijada “Yashillar va mehnatlkashlar ittifoqi” mamlakatning mudofaa vaziri Raymond Veyonis nomzodini ilgari surdi.

“Barchasi Latviya uchun” Milliy birligi tomonidan Yevropa hamjamiyati sudi sudyasi Egils Levits nomzodi qo‘llab-quvvatlanmoqda. Yirik muxolifat partiyasi bo‘lmish sotsial-demokratlar tomonidan Sergey Dolgopolov nomzodi ko‘rsatilishi mumkin.

Latviya Konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident parlament tomonidan saylanadi. Nomzod parlamentdagi 100 deputatning 51 nafari ovoziga ega bo‘lgan taqdirda g‘olib bo‘lgan deb hisoblanadi.

Latviyaning ayni vaqtdagi prezidenti Andris Berzinshning vakolati 7 iyulgacha davom etadi. U navbatdagi saylovda shaxsiy sabablarga ko‘ra ishtirok etmasligini ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish