Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi eng ko‘p unvon olgan argentinalik futbolchi nomiga ega bo‘lishi uchun ikki qadam qoldi
“Barselona” hujumchisi Leonel Messining 2014/15 yillardagi mavsumda qo‘lga kiritgan Ispaniya chempioni unvoni uning faoliyatidagi 24-chisi bo‘ldi.
Shu tariqa, 27 yoshli hujumchi yana ikkita unvonni qo‘lga kiritsa, unda o‘z paytida 25 ta unvonni olishga muvaffaq bo‘lgan “Real”ning afsonaviy o‘yinchisi Alfredo Di Stefanodan o‘zib ketadi hamda eng ko‘p unvonlar olgan argentinalik o‘yinchiga aylanadi.
Hozirda bu borada 3-o‘rinni 23 ta unvonni qo‘lga kiritgan “Lester” yarimhimoyachisi Esteban Kambyaso egallamoqda.
Eslatib o‘tamiz, agar Messi uni oldinda kutayotgan Ispaniya kubogi va Chempionlar Ligasi finallarida g‘alaba qozonsa, unda joriy mavsumdayoq ushbu natijaga erishishi mumkin.