Jahon | 02:51 / 19.05.2015
1426
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada teploxodlarda bitiruv oqshomlarini nishonlash taqiqlab qo‘yildi

Moskva hukumati so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari va maktab bitiruv oqshomlarini paroxodlarda nishonlashni taqiqlab qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Moskva” axborot agentligi.

“Moskva hukumati qaroriga ko‘ra, shahar ta'lim departamenti bitiruv kechalari munosabati bilan teploxodlarda sayr qilishni taqiqlab qo‘ydi, chunki bayramlarni bunday tarzda nishonlash odamlar hayotiga katta xavf soladi. Sayrlar kechki payt o‘tadi, ko‘pincha tungacha davom etadi va bunday paytda katta miqdordagi odamlarning xavfsizligini ta'minlash murakkab masala hisoblanadi”, deb aytdi Moskvaning kichik o‘lchamdagi kemalar bo‘yicha davlat inspektori Vladimir Volkov.

Moskva maktablari direktorlariga ushbu holat yuzasidan tegishli topshiriqlar yuklatildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish