03:37 / 19.05.2015
4106

Odil Ahmedov jamoasi o‘zi uchun Rossiya chempionatining bronza medallarini ta'minlab qo‘ydi

Kubanning “Krasnodar” futbol jamoasi egasi Sergey Galitskiy o‘zining tvitterida jamoaning Rossiya chempionatining bronza medallarini qo‘lga kiritgani munosabati bilan barcha muxlislarni tabrikladi.
“Krasnodar” muxlislarini bronza medallar bilan tabriklayman”, deb yozdi Galitskiy.
“Krasnodar” Rossiya chempionatining tugashiga 2 tur qolganda TsSKA bilan bir xil ochkoga ega bo‘lib, jamoada kumush medallarni qo‘lga kiritish uchun bacha imkoniyatlar mavjud.

Top