Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘tgan haftada O‘zbekistonda 160ta yong‘in qayd etildi
O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 160 marta yong‘in sodir bo‘lganligi qayd etilgan.
Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 5 nafar fuqaro tan jarohatlari olishgan. Ushbu yong‘inlarda 918 mln. 301 ming so‘mdan ortiq qurilish materiallari va 737 mln. 64 ming so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi fuqaro S.Iskandarovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 90 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi fuqaro I.Xolboyevning uyida garaj yoniga qurilgan o‘choqni yoqib, nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Natijada garajning 15 kv.m maydonda tom qismi yong‘indan zarar ko‘rdi. Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasi va farzandi A.Mamatqulov kuyish tan jarohati olgan holda shifoxonaga yotqizilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida yashovchi fuqaro K.Bekbayevning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning84 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.