10:54 / 19.05.2015
2016

O‘zbekiston Bosh prokuraturasida ta'lim qonunchiligining ijrosi muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda komissiya matbuot xizmatiga tayangan holda “Jahon” axborot agentligi xabar berdi.

Yig‘ilish chog‘ida “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonunning ijrosini nazorat qilish natijalari muhokama qilindi. Xususan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida ta'lim jarayonini tashkillashtirish hamda sohaga oid boshqa ishlarning amalga oshirilishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring ishlarining yakunlari ko‘rib chiqildi.

Kun tartibiga muvofiq oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hokimlari va prokurorlarining sohaga doir hisobotlari tinglandi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Top