Sport | 12:45 / 19.05.2015
2006
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ilk marta rapid yo‘nalishida shaxmat chempionati o‘tkaziladi

2015 yilning 19 may kuni Toshkentda birinchi marta shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlanadi. Chempionlik uchun mamlakatning turli hududlaridan keladigan 106 nafar sportchi kurash olib boradi.

Ushbu turnirda Samarqand viloyati jamoasining imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Bu jamoa tarkibida Marat Jumayev (2515), Tohir Vohidov (2513), Aleksey Barsov (2484), Jahongir Vohidov (2448) va xalqaro sport ustasi Jo‘rabek Hamroqulov kabi kuchli shaxmatchilar bor.
Shuningdek, ushbu turnirda Sirdaryo vakilasi bo‘lgan O‘zbekiston chempioni Sarvinoz Qurbonboyeva ham ishtirok etadi. Ma'lum qilinishicha turnirning eng yosh ishtirokchisi 5 yoshli Mikael Bagdasarov (Toshkent), eng yoshi ulug‘ ishtirokchisi esa 82 yoshli Anatoliy Zaxarov (Toshkent) bo‘ladi.
Chempionat shveysarcha tizimda 7 tur davom etadi. Har bir bahs uchun 15 daqiqa ajratilib, shaxmatchilar bir yurishni amalga oshirish uchun 5 soniyaga ega bo‘lishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish