Jahon | 21:09 / 19.05.2015
3398
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Fransiyadan “Mistral”lar uchun pulning qaytarilishini talab qilmoqda

Rossiya Fransiyadan “Mistral” vertolyot tashuvchi kemalarining yetkazib berilmagani sababli pullarning orqaga qaytarilishini talab qilmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qildi.

“Pulni orqaga qaytarishsin. Hozir pulni talab qilganimizda, pitirlab, savdolashishga tushib ketishdi”, deb aytmoqda Lavrov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish