Jamiyat | 14:36 / 19.05.2015
4015
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada ayol bolasi bilan yer ostidagi qaynoq suvga tushib ketdi

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida ayol bolasi bilan yo‘l ostidan o‘tgan qaynoq suvga tushib ketdi. Bu haqda FlashNord portali xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, bolasi bilan sayr qilib yurgan ayolning oyog‘i ostida yo‘lga yotqizilgan chorqirra toshlar surilib, ayol yer ostiga tushib ketgan.

Atrofdagilar unga yer ostidan chiqishga yordam bergan. Onaga ham, farzandga ham katta zarar yetmagan.
Aniqlanishicha, chorqirra toshlar olib borilayotgan gidravlika tadbirlari natijasida surilib ketgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish