Jamiyat | 03:22 / 19.05.2015
4520
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Yangi yilga boykot e'lon qilishga chaqirgan musulmon qiz islom nazariyasi kursiga yuboriladi

Rossiyaning Pervouralsk shahrida yashovchi, musulmonlarni Yangi yil va boshqa musulmonchilikka to‘g‘ri kelmaydigan bayramlarni nishonlamaslikka chaqirgan Elvira Sultanmuxametovaga islom nazariyasi kursidan o‘tish taklif qilindi.

Avvalroq ma'lum qilinganidek, Elvira Sultanmuxametova “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida musulmonchilikka to‘g‘ri kelmaydigan bayramlardan voz kechishga chaqiruvchi yozuvni qoldirgan edi. U bu bunday bayramlarni bid'at udumlari deb atagan edi. Sud qizni ushbu fikri uchun 120 soat jamoat ishlariga hukm qilgandi.

“Qiz ushbu qilmishni bilimidagi bo‘shliqlar tufayli amalga oshirgan bo‘lsa kerak. Biz unga an'anaviy islom nazariyasi, elatlararo kelishuv va tinchlik bo‘yicha master-klass o‘tkazishimiz mumkin”, deb aytdi Rossiyaning Milliy-madaniy birlashmalari uyushmasi rahbari Farrux Mirzoyev.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish