Texnologiya | 16:06 / 19.05.2015
4071
2 daqiqa o‘qiladi

Banan sun'iy lavada tekshirildi

AQShning Nyu-York shtatida joylashgan Sirakuza universitetida shahar sharoitlarida tabiatdagi kabi lava moddasini hosil qiluvchi “sun'iy vulqon”ning imkoniyatlari namoyishi o‘tkazildi. Ars Technica nashri bu jarayon haqida tayyorlangan fotoreportajni chop etdi.

Lava jismlari tabiiy gazda ishlovchi quvvatli pechda bazaltni qizdirish orqali olinadi. Olingan moddaning maksimal harorati 1200° S ni tashkil qiladi.

Olingan lava bananda sinovdan o‘tkazib ko‘rildi. Qizib turgan lavasimon modda banan ustiga quyildi. Banan ichidagi namlik buhlanib, o‘zidan suv pufakchalarini chiqarishi oqibatida qizib turgan bazaltning sirtida katta pufak hosil bo‘ldi. Jarayon davomida bananning ustki qismi kuyib, ko‘mirga aylanib qoldi, biroq ichidagi mevasi yo‘q bo‘lib ketmadi. Pufakcha qotib, oyna shakliga keldi. Uni yorib, ichidan banan olinganda, uning ichki qismi beshikast qolgani ma'lum bo‘ldi.

Rasmlarda lavaga tiqib turilgan metall shtirlar termometrlar bo‘lib, ular yordamida talabalar lava moddasining turli nuqtalaridagi haroratni o‘lchashadi.

Pechkadan chiqqan qaynoq bazalt tezda 600-700° S gacha soviydi, so‘ngra bir daqiqa ichida oynaga o‘xshash shaklga kelib, qotib qoladi. Biroq shunga qaramay, qotib qolgan lava moddasi ancha paytgacha o‘z issiqligini yo‘qotmaydi.

Ars Technica nashri Vimeo videxostingi kanalida ushbu universitetning professori Robert Visotski tomonidan joylashtirilgan lava bilan o‘tkazilgan turli tajribalar aks etgan roliklarga ham e'tiborini qaratdi. Misol uchun, bunday roliklarda orasida professor o‘z hamkasblari bilan birga qizib turgan lava moddasi uning ustida panjarada steyklar va sosikalarni tayyorlash uchun qanchalik to‘g‘ri kelishini sinab ko‘rgani aks etgan rolikni ham uchratish mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish