Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Barkamol avlod – Vatan faxri” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi
2015 yilning 19 may kuni O‘zbekiston savdo va sanoat palatasi konferensiyalar zalida Toshkentdagi 64-umumta'lim maktabi Kichik Akademiyasi ilmiy ekspert kengashining “Barkamol avlod – Vatan faxri” ma'rifiy loyihasi doirasidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Loyiha maktab o‘quvchilarining intellektual salohiyati rivojlantirish maqsadlariga qaratilgan.
Yig‘ilish chog‘ida Kichik Akademiyaning besh nafar a'zosi chiqish qildi. Shuningdek, taklif qilingan ilmiy jamoatchilik vakillarining hisobotlari tinglandi. So‘ng maktab o‘quvchilarining turli sohadagi ishlari ko‘rib chiqildi. Xususan, sog‘liqni saqlash sohasida qilingan chiqishlar yuqori baholandi. Bundan tashqari, ekologiya muammolari ham keng yoritildi.