Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:25 / 19.05.2015
2237
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan 1.8 mlr yevro moddiy yordam berish to‘g‘risidagi memorandumni imzolaydi
21-22 may kunlari Rigada bo‘lib o‘tadigan “Sharqiy hamkorlik” sammiti doirasida Yevropa Ittifoqi va Ukraina vakillari 1.8 mlrd yevro miqdoridagi uchinchi moddiy yordam paketining ajratilishi to‘g‘risidagi memorandumni imzolaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Hamjihatlik va hamfikrlik bo‘yicha yangi memorandum imzolanadi. Uning doirasida Ukrainaga ilgariroq tasdiqlangan moddiy yordamning 1.8 mlrd yevro miqdoridagi uchinchi paketi ajratiladi”, – deyiladi xabarnomada.