Jahon | 23:17 / 20.05.2015
1886
2 daqiqa o‘qiladi

“Eyr Astana” aviakompaniyasi Nyu-Yorkka parvozlar amalga oshiradi

Qozog‘istonning “Eyr Astana” milliy aviakompaniyasi Nyu-York, Tokio va Singapurga parvozlar amalga oshiradi. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zining “100 aniq qadam” dasturi doirasida aviakompaniya oldiga shunday vazifani qo‘ymoqda.

Dasturda “Eyr Astana” va “Kazaxstan Temir Joly” milliy kompaniyalarini yirik xalqaro operatorlar sifatida rivojlantirish zarurligi ta'kidlab o‘tilgan.

“Eyr Astana” xalqaro yo‘nalishlarga e'tiborini qaratadi va dunyoning asosiy moliyaviy markazlari Nyu-York, Tokio, Singapurga yangi yo‘nalishlar ochadi. “Eyr Astana”ni rivojlantirish “Kazaxstan Temir Joly”ning alternativ yo‘nalishlarni rivojlantirish rejalari bilan uyg‘unlashtiriladi, bu esa yuk tashish narxini ikki martadan ko‘proqqa kamaytirishga imkon beradi”, deb aytilmoqda hujjatda.

Shuningdek, xalqaro aviatsion xabni yaratish ham ko‘zda tutilgan. Olmaota yaqinida sarmoyachilarni jalb qilgan holda jahon standartlariga javob beruvchi yangi xalqaro aeroport quriladi.

Qozog‘iston orqali aviatranzitning jozibadorligini oshirish uchun aviatashuvlarni davlat tomonidan tartibga solish samadorligini yaxshilash vazifasi ham qo‘yilmoqda. Fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi faoliyati Britaniya fuqarolik aviatsiyasi davlat agentligi va Yevropa Ittifoqi aviatsiya xavfsizligi agentligi modellariga asoslangan bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish