Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2015 yil 1 iyunidan chiqindilar uchun to‘lov narxlari oshadi
2015 yilning 1 iyunidan boshlab qattiq maishiy va suyuq xoldagi chiqindilarni aholi, tashkilot va korxonalardan olib chiqib ketish narxlari oshadi. Bu haqda «Maxsustrans» Davlat ishlab chiqarish boshqarmasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra, chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha narxlar quyidagicha ko‘rinishda taqsimlanadi:
1. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish – jismoniy shaxslardan: bir kishi uchun bir oyga – 2800 so‘m.
2. Qattiq holdagi chiqindilarni to‘plash va olib ketish – byudjyet tashkilotlaridan 1 m3 uchun – 33591,4 so‘m – xo‘jalik hisobidagi tashkilotlardan 1m3 uchun – 33591,4 so‘m.
3. Suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish – byudjyet tashkilotlaridan 1 tonnasiga – 13449,4 so‘m - xo‘jalik hisobidagi tashkilotlardan 1 tonnasiga – 13449,4 so‘m.
4. HD-310 rusumli avtomobillarda chiqindilarni qayta yuklash stansiyalaridan (Yashnobod, Yakkasaroy va Yunusobod ChQYuSh ) « Ohangaron chiqindi xonasi»gacha olib borish 1 tonnasi uchun – 9343,1 so‘mni tashkil qiladi.