Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avgust oyida dunyodagi eng katta Apple Store do‘koni ochiladi
O‘tgan yili Apple kompaniyasi rahbari Tim Kukning BAA rahbariyati bilan uchrashuvidan keyin matbuotda Yaqin Sharqda kompaniyaning birinchi chakana do‘koni ochilishi haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgan edi. Bu do‘kon kompaniyaning dunyodagi eng katta do‘koni bo‘ladi.
AppleInsider portalining xabar berishicha, ushbu Apple Store do‘koni qurilish bosqichida turibdi hamda 2015 yilning avgustida Dubayda ochiladi. Do‘kon Mall of the Emirates savdo-ko‘ngilochar markazining 2-qavatida joylashadi.
Apple Store'ning savdo maydoni 50 ming kvadrat futga (4645 kv metrga) yaqinni tashkil qiladi va bu maydon ayni paytda Apple'ning Londonning Kovent-Garden tumanidagi uchta qavatni egallovchi eng yirik do‘koni maydonidan 20 foizga ko‘proqni tashkil qiladi.
Mall of the Emirates savdo majmuasining umumiy maydoni 223 ming kv. metrni tashkil qiladi, unda 700dan ortiq do‘konlar, ikkita 5-yulduzli mehmonxona va shaxsiy tog‘-chang‘isi kurorti joylashgan.
OAVlar ma'lumotlariga ko‘ra, BAA poytaxti Abu-Dabida Yas Mall savdo markazi hududida yana bitta Apple Store do‘koni ochiladi. Hozircha uning ochilish muddatlari ma'lum qilinmayapti.