Sport | 17:11 / 20.05.2015
5239
1 daqiqa o‘qiladi

Boliviya chempionatida 45 metr masofadan gol urildi

Boliviya chempionatida ishtirok etuvchi "Strongest" jamoasining yarimhimoyachisi Ernesto Kristaldo 22-tur doirasida "Xorxe Vilstermann" jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yinning 5-daqiqasida hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi.
Bu o‘yinda 2:2 hisobi qayd etilgan, lekin o‘yinning asosiy voqeasi Kristaldo tomonidan urilgan gol bo‘ldi. Uning 45 metr uzoqlikdan turib tepgan to‘pi o‘qdek uchib, darvozaga kirdi.
Ma'lumot uchun, "Strongest" jamoasi Boliviya chempionatida uchinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa turnir peshqadami "Bolivar"dan 9 ochko kam jamg‘argan.

Jamoaning 31 yoshli paragvaylik legioneri mavsumdagi o‘ninchi golini urgan. Yarimhimoyachi ampluasida o‘ynaydigan bu futbolchi avvalgi mavsumlarda bu yildagidek goleadorlik qobiliyatlarini namoyon qilmagani aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish