Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Denis Istomin Shveytsariyada o‘tkazilayotgan tennis musobaqasida braziliyalik Belluchiga imkoniyatni boy berdi
Braziyaliyalik tennischi Tomas Belluchchi o‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin ustidan 6:4, 6:4 hisobida g‘alaba qozonib, Jyenevada o‘tayotgan tennis musobaqasining chorakfinaliga yo‘l oldi. Uchrashuv 1 soat 15 daqiqa davom etdi. Tomas ikki bor podachadan ochko oldi, 3 ta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi va 8 breyk-poyntdan 2 tasini amalga oshirdi. Denisning hisobida 1 ta eys, 1 ta qo‘sh xato bo‘lib, birorta ham breyk yo‘q.
Belluchchi musobaqaning yarimfinaliga chiqish uchun Albert Ramos (Ispaniya) - Benjamin Bekker (Germaniya, 4) juftligining g‘olibi bilan bellashadi.