20:32 / 20.05.2015
8716

Dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingi e'lon qilindi

Thomson Reuters kompaniyasi 2014-2015 yil uchun dunyodagi eng yaxshi 800ta universitet reytingini tuzdi.

Reytingda eng yuqori o‘rinni Amerikaning Massachusets texnologiya instituti oldi. Ikkinchi o‘rinda Britaniyaning Kembridj universiteti, uchinchi o‘rinda London Qirollik kolleji egalladi.

Amerikaning yana bir universiteti – Garvard to‘rtinchi, Oksford esa beshinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

Yevropada eng yaxshi universitetlar beshligi:

  1. Kembridj universiteti
  2. Oksford universiteti
  3. London Qirollik kolleji
  4. Shveytsariya federal – texnologiya instituti
  5. Moskva davlat universiteti

Shuningdek, Osiyoda eng yaxshi universitetlar beshligidan Tokio, Kioto, Tsinxua, Seul hamda Pekin universitetlari joy oldi.

Ma'lumot uchun, reyting 2010-2014 yillar davomida 6,5 ming universitetning 65 ming nafardan ortiq vakillari orasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali tuzilgan.

Top